4 Dekabr 2022 933

Qilichbozlarimiz jamoaviy dasturda omadsizlikka uchrashdi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bahslari yakunlandi. Xabar berganimizdek, unda qizlar rapira, yigitlar shpaga qurolida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Bugun musobaqaning yakuniy kunida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Afsuski, ushbu kun hamyurtlarimiz shohsupaga ko‘tarila olmadilar. Shpagachi yigitlarimiz chorak finalda Qozog‘istonga 29:45, rapirachi qizlarimiz esa ushbu bosqichda Moldovaga 44:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Shpaga, yigitlar:
1. Misr 
2. Estoniya 
3. Qozog‘iston 

Rapira, qizlar:
1. Ruminiya 
2. Turkiya 
3. Qozog‘iston

Text to speech