2 Dekabr 2022 974

G'ayrat Nazarov faxriylar o'rtasida g'olib

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Moskvada “Maxima Masters 2022” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mavsum davomida eng yuqori natija qayd etgan konkur ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti.

Ahamiyatlisi, musobaqada faxriylar o‘rtasida yurtimiz sharafini himoya qilgan G‘ayrat Nazarov eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Turnir 4-dekabrga qadar davom etadi.

Text to speech