2 Dekabr 2022 1159

Bobonov va Kelidyorova hamon yetakchi, To‘raboyev va Yusupov 1 pog‘ona yuqoriladi

Ertaga Yaponiya poytaxtida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning so‘nggi musobaqasi boshlanadi. Ma’lum qilganimizdek, Isroilda o‘tadigan Masters musobaqasiga tayyorlanayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqani o‘tkazib yuboradi. Biroq turnirdan so‘ng Tokioda o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Tokiodagi musobaqadan so‘ng jahon reytingida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Quyida reytingning ayni paytdagi holatiga e’tibor qaratamiz. Unda hamon hamyurtlarimiz Davlat Bobonov (-90 kg) hamda Diyora Keldiyorova (-52 kg) o‘z vazn toifalarida yetakchilik qilishayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Raqiblaridagi ochko yo‘qotishdan so‘ng Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) hamda Alisher Yusupov (+100 kg) bir pog‘ona yuqoriladi. Batafsil:

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 6145 ochko
26. Dilshodbek Baratov – 1585

-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 6934 ochko
14. Sardor Nurullayev – 2144
25. Muhriddin Tilovov – 1316
54. Rahimjon Subxonov – 760

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6527 ochko
7. Murodjon Yo‘ldoshev – 2781
14. Obidxon No‘’monov – 2160
24. Shahram Ahadov – 1660
31. Hikmatilloh To‘rayev – 1496

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 7496 ochko
5. Sharofiddin Boltaboyev – 3725

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 5650 ochko
2. Beka Gviniashvili (Gruziya) – 4945

-100 kg:
1. Mixael Korrel (Niderlandiya) – 5217 ochko
9. Muzaffarbek To‘raboyev – 3315
26. Otabek To‘raboyev – 1332

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 5254 ochko
6. Alisher Yusupov – 3301
20. Shohruh Baxtiyorov – 2110
38. Bekmurod Oltiboyev – 926

Ayollar:
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) – 5750 ochko
2. Reka Pup (Vengriya) – 5510
30. Sita Qadamboyeva – 1087

-70 kg:
1. Sanne van Diyke (Niderlandiya) – 6424 ochko
15. Gulnoza Matniyazova – 2826

Text to speech