30 Noyabr 2022 915

Gandbolchi qizlarimiz guruhdagi so‘nggi turda g‘alaba qozonishdi

Koreya Respublikasining Inchxon shahrida gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida guruh bosqichi bahslari o‘z yakuniga yetmoqda. “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi turni Avstraliyaga qarshi o‘tkazib, 36:26 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston – Avstraliya 36:26

Shu tariqa, qizlarimiz 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi. Bu borada ularga dastlab Qozog‘iston termasi raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar kelasi yil Daniya, Norvegiya va Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Text to speech