29 Noyabr 2022 1175

Eshkak eshuvchilarimiz qit'a birinchiligi oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazishdi

Ertaga Tailandning Pattayya shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati start oladi. Unda katta tarkibda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari bugun musobaqadan avval soʻnggi mashgʻulotini oʻtkazishdi. Eslatib oʻtamiz, boʻlajak qitʼa birinchiligida jami 34 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Atletlarimizga masʼuliyatli musobaqada omad tilaymiz!

Text to speech