27 Noyabr 2022 746

Gandbolchi qizlarimiz bu turda Hindistonga mag'lub bo'lishdi

Koreyada gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi tur bahslari oʻtkazilmoqda. Bugun hamyurtlarimiz Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Afsuski, bu bellashuvda ham qizlarimiz imkoniyatni boy berib qoʻydilar. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng yurtdoshlarimiz yarim final yoʻllanmasi uchun kurashdan chiqishdi. Endi bor eʼtibor 5-oʻrin uchun bahslarga qaratiladi. Navbatdagi oʻyin ertaga mezbonlarga qarshi oʻtishi belgilangan.

Oʻzbekiston – Hindiston 22:28

Text to speech