28 Noyabr 2022 1306

Jahonda tengsiz yosh bokschilarimiz tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, 14-26-noyabr kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Vatanimizga qaytib keldi.

Jamoamizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Adham Ikramov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, sportchilarimizning yaqinlari kutib olishdi.

Sportni rivojlantirish vaziri yosh bokschilarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlar ekan, ushbu gʻalaba yurtdoshlarimizga ulkan quvonch ulashganini taʼkidladi. Shuningdek, ularga kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligida ham chempionlik shohsupasiga koʻtarilishlarini tiladi.

Text to speech