24 Noyabr 2022 923

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining ochilish marosimi oʻtkazildi

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasida mamlakat birinchiligi tashkil etilayotgan haqida maʼlum qilgan edik. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov soʻz olib, dzyudo mamlakatimiz yoshlarining sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotgani, bunga javoban terma jamoamiz vakillari nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishayotganini taʼkidladi. Shuningdek, Prezidentimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan joriy yil kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligining tashkil etilgani ushbu sportning mamlakatimizda yanada ommalashishiga zamin yaratishi haqida alohida toʻxtaldi.

Marosim davomida oʻzbek dzyudosining rivoji yoʻlida ulkan hissa qoʻshgan bir qator faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Text to speech