24 Noyabr 2022 1005

Sakkiz nafar bokschimiz jahon chempionligi uchun jang qiladi

Boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida finalchilar aniqlandi. Yarim final bosqichida ringga koʻtarilgan 10 nafar vakilimizdan 8 tasi gʻalaba qozonib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi. Yarim final natijalari:

-48 kg: Gulsevar Gʻaniyeva - Novaoanni Nunyes (Dominikan Respublikasi) 3:2

-70 kg: Aziza Zokirova - Laura Moran (Irlandiya) 5:0

-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Stigen Sorensen (Norvegiya) 3:2

-54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev - Ashish (Hindiston) 3:4

-67 kg: Javohir Ummataliyev - Levi Barnes (Angliya) 4:1

-75 kg: Toʻrabek Xabibullayev - Kristian Barrera (Kuba) 5:0

-75 kg: Sahobat Husanova - Karolina Solano (Kolumbiya) 0:5

-57 kg: Baxtiyor Asadov - Chada Fipps (AQSH) 4:1

-71 kg: Fazliddin Erkinboyev - Aleksis Veita (Kuba) 3:0

-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Frank Reynoso (Kuba) 5:0

Shu tariqa, Xoʻjanazar Nortojiyev hamda Sahobat Husanova chempionatni bronza medali bilan yakunlashmoqda. Bugun musobaqada dam olish kuni. Final janglari 25 va 26-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Text to speech