21 Noyabr 2022 877

Yosh qilichbozlarimiz jamoaviy dasturda tengsiz bo‘lishdi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha yosh qizlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Shpaga hamda sablya qurollarida o‘tgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz finalgacha yetib borishdi va hal qiluvchi bosqichda ham ajoyib ishtirok etib, oltin medallarga ega chiqishdi.

Shpaga, qizlar:
1. O‘zbekiston 
2. Qozog‘iston 
3. Qirg‘iziston 

Sablya, qizlar:
1. O‘zbekiston 
2. Turkiya
3. Ruminiya

Text to speech