21 Noyabr 2022 1073

Taekvondo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi uchun Meksikadagi jahon chempionati yakunlandi

Amir To’rayev (-58 kg) hamda Zuhra Tojimatova (-46 kg) 1/32 finalda mag’lubiyatga uchrashdi.

Shunday bo’lsa ham, mazkur musobaqa terma jamoamiz uchun tarixda qolmoqda. Unda ilk bor bir jahon chempionatida sportchilarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo’lishdi.

 Oltin medal:
+73 kg: Svetlana Osipova

 Kumush medal:
-63 kg: Niyaz Pulatov

 Bronza medal:
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi O’zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi va terma jamoamizni, sportchilar va murabbiylar shtabini dunyo birinchiligida qo’lga kiritilgan tarixiy natija bilan qutlaydi.

Text to speech