20 Noyabr 2022 965

“Humo Arena”da “Olam bola nigohi bilan” xalqaro fotoko‘rgazmasi tashkil etildi

YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasi doirasida yana bir tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Undan Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikada olingan fotosuratlar o'rin olgan.

Ko‘rgazmadan maqsad maktabgacha yoshdagi bolalarni voyaga yetkazish va tarbiyalash muammolariga e’tiborni qaratishdir. Reportaj va portret janrlaridagi ishlar maktabgacha ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtiradi. Ushbu tadbirda turli soha vakillari, jumladan, keng sport jamoatchiligi ishtirok etmoqda.

Text to speech