19 Noyabr 2022 948

O'zbekiston terma jamoasi ayollar o'rtasida gandbol bo'yicha JCHda ishtirok etadi

Joriy yilning 24 noyabr – 5 dekabr kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Qizlarimiz Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida so‘nggi yig‘inni yakunlashdi. Endi ular 22 noyabr kuni Koreya safariga yo‘l olishadi.

Musobaqada jamoamiz “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Koreya Respublikasi, Eron, Hindiston va Avstraliya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Text to speech