19 Noyabr 2022 1069

Niyaz Polatov jahon chempionatining kumush medalini qo’lga kiritdi

Meksikada o’tayotgan taekvondo bo’yicha jahon chempionatida tarixiy natija qayd etmoqdamiz. Ortda qolgan navbatdagi kunda ham O’zbekiston terma jamoasi yana bir medalni o’z hisobiga yozib qo’ydi.

-63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyaz Polatov Ozarbayjon, Misr, Eron, Xorvatiya va Ispaniya vakillarini mag’lub etib, finalgacha yetib keldi. Biroq hal qiluvchi jangda xitoylik Liang Yushuaiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Bu O’zbekiston terma jamoasi uchun joriy chempionatdagi to’rtinchi medal. Bu bilan dunyo birinchiliklarida qo’lga kiritilgan medallar soni bo’yicha eng yaxshi natijamizni yangiladik.

Text to speech