16 Noyabr 2022 1104

Taekvondochilarimizning muvaffaqiyati haqida faktlar

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Nikita Rafalovich (-87 kg) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg) Meksikada o‘tayotgan jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritishgani haqida xabar bergan edik. Ushbu medallarning ahamiyati haqida quyidagi ma’lumotlarni eslab o‘tish o‘rinli:

  •  Terma jamoamiz so‘nggi bor 2017 yil Koreya Respublikasida o‘tkazilgan jahon chempionatida medal qo‘lga kiritgan edi.
  •  Bu Nikita Rafalovichga jahon chempionatlaridagi uchinchi, Feruza Sodiqova uchun birinchi medal. Bungacha Nikitaning hisobida ikkita kumush medali ham bor edi.
  •  Mazkur medal Rafalovich uchun yangi vazn toifasida dastlabkisi hisoblanadi. Bungacha ikki kumushni -74 kg vazn toifasida qo‘lga kiritgan.
  •  Ushbu muvaffaqiyat bilan har ikki sportchimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida o‘z hisoblariga 50.40 reyting ochkosini qo‘shib qo‘yishmoqda.
Text to speech