15 Noyabr 2022 863

Gandbol bo'yicha mamlakat chempionatining so'nggi turiga start berildi

Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida (ROPSTTM) gandbol bo‘yicha mamlakat chempionatining yakuniy – 4-tur bahslariga start berildi. Ushbu bosqichda 9 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Ortda qolgan 3 tur yakuniga ko‘ra Xorazm viloyati jamoasi peshqadamlik qilmoqda. OKMK ikkinchi, Toshkent shahri jamoasi esa kuchli uchlikdan joy olgan edi. Yetakchilar so‘nggi tur bahslarida ham raqiblarga katta raqobat tug‘dirishmoqda. Chempionat yakuniga ko‘ra, terma jamoa murabbiylar shtabi kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirib olishi ko‘zda tutilgan. Bugungi bahslarda qayd etilgan natijalar:

ROPSTTM – Xorazm - 27:39
Toshkent sh. yoshlar terma jamoasi – Surxondaryo - 31:37
OKMK – O‘zDJTSU – 36:36
Toshkent shahri – Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 50:42
Xorazm – Urganch shahri - 25:15.

Text to speech