15 Noyabr 2022 578

Taekvondo boʻyicha jahon chempionatining birinchi kun sarhisobi

Meksikada taekvondo boʻyicha jahon chempionatining birinchi kuni ortda qoldi. Unda ikki vazn toifasida bahslar oʻtkazilib, erkaklar oʻrtasidagi -80 kg vazn toifasida janubiy koreyalik Vu-Xyok Park, ayollar oʻrtasidagi -57 kg vazn toifasida esa xitoylik Zongshi Luo oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Unda qatnashgan hamyurtlarimiz Madina Mirabzalova ikkinchi, Shuhrat Salayev esa uchinchi davrada imkoniyatni boy berdi. Birinchi kun gʻolib va sovrindorlari:

-80 kg:

1. Vu-Xyok Park (Koreya Respublikasi)

2. Andoni Sintado (Ispaniya)

3. Mehran Barxordari (Eron)

3. Seyf Eyssa (Misr)

-57 kg:

1. Zongshi Luo (Xitoy)

2. Chia-Ling Lo (Xitoy Taipeyi)

3. Jeyd Jones (Buyuk Britaniya)

3. Xadicha Kubro (Turkiya)

Bugun uch vazn toifasida bahslar oʻtkazilib, unda jahon chempionatlarining ikki karra finalchisi (2015, 2017) Nikita Rafalovich, Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlari chempioni Feruza Sodiqova hamda yana bir yosh isteʼdodli sportchimiz Ozoda Sobirjonova ishtirok etishadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-87 kg: Nikita Rafalovich – Adrian Voytkovyak (Polsha)

-62 kg: Feruza Sodiqova – Anastasia Galazoula (Avstraliya) / Madinatu Sako (Niger)

-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Boubachar Hassana (Niger)

Text to speech