13 Noyabr 2022 1128

Chavandozlarimiz “Uzbekistan Global Tour-2022”ning navbatdagi bosqichida ham mahorat ko‘rsatishdi

Toshkentda konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining oltinchi bosqichi ham o‘z yakuniga yetdi. Ushbu bellashuvlarda ham ayni paytda mamlakatimizda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lib turgan Rossiya, Qozog‘iston va Belarus terma jamoalari vakillari hamyurtlarimiz bilan kuch sinashishdi. Quvonarlisi, unda chavandozlarimiz yuqori mahoratlarini yana bir karra namoyish etib, sovrinli o‘rinlarning aksariyatini band etishdi. Batafsil:

“F” toifasi, 100 sm (to‘siq balandligi)
1. Izzatullo Abdugafarov (“Rubin”, ot laqabi)
2. Temur Azimov (“Masshtab”)
3. Anna Sigidina (“Elis Ji”)

“E” toifasi, 110 sm:
1. Mariya Dushenko (“Kechmeker”)
2. Elina Akramova (“Vilbot”)
3. Izzatullo Abdugafarov (“Roberto”)

“C” toifasi, 110 sm:
1. Amina Akshina (Qozog‘iston, “Gordiy”)
2. Boburjon Valijonov (“Prins”)
3. Javohir Dilxushev (“Kechmeker”)

“B” toifasi, 120 sm:
1. Temur Azimov (“Furina Fan De Fmara Z”)
2. Mirzohid Musayev (“Kassius Kley”)
3. Isajon Sodiqov (“Sidney Jekson”)

“D” toifasi, 125 sm:
1. G‘ayrat Nazarov (“Losinos Boy”)
2. Sergey Antonovich (“Vilbot”)
3. Jasurbek Xatambekov (“Laki star”)

“A” toifasi, 140 sm:
1. Xurshidbek Alimjonov (“Chempions Liga”)
2. Bekzod Qurbonov (“Alonso 43”)
3. Nurilla Turisbekov (“Jorni”)

Text to speech