8 Iyul 2020 4998

Shaxmat san'at sifatida. 1-qism. O'rta asrlar

"Dunyo shaxmat taxtasiga o'xshaydi, bitta katagi oq, ikkinchisi qora; hayot va o'lim, baxt va baxtsizlik ham bir-birining o'rnini ana shunday to'ldiradi".
     - Svetlana Luchiskaya. Butun dunyo – shaxmat taxtasidir.

Shaxmat har doim san'at, kinematografiya va adabiyotda muhim rol o'ynagan.

Rassomlar shaxmat o'yinida nafaqat hamkorlarini, balki alohida elementlarini ham tasvirlashgan. O'yinning o'zi ba'zan odamlar o'rtasidagi munosabatlarning modeli, jamiyat ierarxiyasi va ijtimoiy jarayonlar sifatida ko'rib chiqilgan.

Evropa rasmlarida shaxmatning birinchi tasviri taxminan 1143 yilda yaratilgan freskada topilgan. Rasmda sharqona libos kiygan ikkita o'yinchini ko'rish mumkin. Qizig'i shundaki, o'sha paytda shaxmat musulmonlar kundalik hayotining atributi sifatida qabul qilingan.

Shaxmat geraldikada ham faol ishlatilgan. Masalan, Vchele XII Polsha gerbida har xil o'lchamdagi ikkita o'yin taxtasi tasvirlangan. Ushbu Gerbning afsonasi quyidagicha: silezyalik Golub safari chog'ida Afrikaga borib qoladi, u erda mahalliy hukmdorning qizi uni shaxmat o'yiniga chorlaydi. Shartlardan biri g'olib mag'lubiyatga uchragan o'yinchining boshiga shaxmat taxtasi bilan urishi edi. Golub g'alaba qozonib, malikani urdi, shunda taxta yorilib ketdi.

XII asr Vchele gerbi

"O'yinlar kitobi" qo'lyozmasida Alfonso X, qirol Kastiliya, Galisiya va Leonning 150 ta illyustrasiyasi mavjud bo'lib, ularning ba'zilarida shaxmat o'yini tasvirlangan. Ushbu kitob stol o'yinlarini o'rganish uchun eng muhim hujjatlardan biridir.

Alfonso X. Shaxmat, oshiq va tavla o'yinlari haqidagi kitob. Xristian va musulmon shaxmat o'ynayapti, 1251-1283

Alfonso X. Shaxmat, oshiq va tavla o'yinlari haqidagi kitob. Templierlar shaxmat o'ynaydi, 1283

Alfonso X. Shaxmat, oshiq va tavla o'yinlari haqidagi kitob. Astronomik shaxmat, 1283

Alfonso X. Kniga ob igre v shaxmati, kosti i triktrak. Bolshie shaxmati, 1283

Alfonso X. Shaxmat, oshiq va tavla o'yinlari haqidagi kitob. Mavrlar shaxmat o'ynaydi, 1283

Shaxmat ko'pincha risarlik haqidagi romanlarda tilga olinadi. Bunday hollarda o'yin saroy ichi madaniyatini, uning ideallari, qadriyatlari va aristokratik ta'limni anglatadi.

"Qirol Meliadus haqida roman."Ikki shoh shaxmat o'ynaydi, taxminan 1352 yil

Anonim. "Risar Sifar", 1464 yil

Manes kodeksi. Qirol Otton IV rafiqasi bilan shaxmat o'ynaydi, 1305 – 1340 yillar oralig'i

XV asr miniatyurasi. Reno de Montoban tarixi, 1468-1470

Shaxmatning boshqa asrlar san'atidagi o'rni haqida kelgusi maqolalarimizda bilib olasiz. Bizni kuzatib boring.

Text to speech