5 Noyabr 2022 985

Boskchilarimizning qit’a chempionatidagi ishtiroki davom etadi

Iordaniyada davom etayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatining saralash bahslari oʻzining qizgʻin pallasiga kirdi. Bugungi bellashuvlarda birinchi bosqichda ajoyib jang oʻtkazgan Hasanboy Doʻsmatov, shuningdek, 4 nafar bokschi qizlarimizning ishtiroki kutib turibdi. Juftliklar quyidagicha:

-52 kg: Feruza Kazakova - Altansetseg Lutsaixan (Moʻgʻuliston) (15:00)
-54 kg: Nigina Oʻktamova - Jitpong Jutamas (Tailand) (16:10 dan soʻng)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Priti (Hindiston) (17:10 dan soʻng)
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Tenzin Dryugel (Butan) (20:40 dan soʻng)
-70 kg: Mavluda Mavlonova - Manikon Baison (Tailand) (22:10 dan soʻng)

Text to speech