23 Oktyabr 2022 1048

Yosh karatechilarimiz jahon chempionatiga yo‘l olishdi

26-30 oktyabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiya safariga jo‘nab ketdi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqa 14-15, 16-17 va 21 yoshgacha bo‘lgan toifalarda o‘tkaziladi. Unda Xo‘jamqul Xo‘jaqulov boshchiligidagi 16 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Text to speech