19 Oktyabr 2022 1076

Gimnastikachilarimiz Tbilisida JChga tayyorlanishmoqda

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Gruziyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Mazkur yig‘in 29 oktyabr – 6 noyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi vazifasini o‘tab beradi. 26 oktyabrga qadar davom etadigan yig‘indan so‘ng sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion harakterga ega bo‘lgan dunyo birinchiligiga yo‘l olishadi. Mashg‘ulotlar davomida gimnastikachilarimiz maxsus texnik elmentlar ustida ishlashmoqda.

Text to speech