19 Oktyabr 2022 965

Seulda MOQA Bosh Assambleyasi o'z ishini boshladi

Koreya Respublikasining Seul shahrida Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining (MOQA) navbatdagi Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi. Tadbirda 205 ta Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirok etmoqda. Ma’lum qilganimizdek, Bosh Assambleyada mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qo’mita Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev qatnashmoqda. Bugun quyidagi masalalar kun tartibidan o‘rin olgan:

  •  Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning ishtirokchilarga murojaati;
  •  MOQA tashkilotiga prezident va katta vitse-prezident saylash tadbiri;
  •  Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari yakuni bo'yicha xulosa;
  •  Bali-2023 Butunjahon sohil o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot;
  •  Parij-2024 yozgi va Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitalarining dokladi;
  •  Halol sport va barqarorlikni himoya qilish bo‘yicha interaktiv tematik sessiyalar.
Text to speech