17 Oktyabr 2022 916

Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan og'ir atletikachilarimiz qaytib kelishdi

6-16-oktyabr kunlari Bahraynning Manama shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda qit'amizning 30 mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Murosasiz bahslarda O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor bo'lgani, shuningdek, yigitlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan birinchi pog'onani egallashgani haqida ma'lum qilgan edik.

Bugun musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi. Jamoamizni kutib olish marosimida Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi vakillari, atletlarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

Terma jamoa a'zolari qisqa hordiqdan so'ng so'ng joriy yilning dekabr oyida Kolumbiyaning Bogota shahrida o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi.

Text to speech