16 Oktyabr 2022 1078

Bahodir Maxsitov xorazmlik faxriylarning holidan xabar oldi

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi yurtimizning har bir hududiga tashrif buyurib, u yerda umrguzaronlik qilayotgan keksalarimizning holidan xabar olishda davom etmoqda. Kengash vakillarining bu galgi manzili Xorazm viloyati boʻldi.

Mamlakat sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov safari davomida viloyat Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash markazi, BOʻSM kabi muassasalarda boʻlib, u yerda tahsil olayotgan oʻquvchilarning sharoitlari bilan tanishdi. Tashrif davomida Bahodir Maxsitovichga viloyat sport faxriylari kengashi raisi Abduhalim Qutliyev hamrohlik qildi.

Shuningdek, umrining asosiy qismini mamlakatimiz sporti rivojiga sarf etgan fidoyilarning ham holidan xabar olinib, ular bilan dildan suhbatlashildi. Bahodir Maxsitov Oʻzbekiston sport faxriylari kengashining sobiq raisi, marhum Komiljon Xudoyberganov dafn etilgan qabristonda ham boʻlib, oʻtganlar haqqiga duo qildi.

Text to speech