6 Oktyabr 2022 241

Og'ir atletikachilarimiz Bahraynga uchib ketishdi

Og‘ir atletika bo‘ycha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Bahraynga yo‘l oldi. Jo‘rabek Zoirov boshchiligidagi sportchilarimiz 8-16 oktyabr kunlari Manama shahrida o‘tadigan qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Jamoamiz quyidagi tarkibga Bahraynga jo‘nab ketdi:

-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-81 kg: Og‘abek To‘xtayev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
+109 kg: Mirxosil Mirzabayev
-55 kg: Jamila Panfilova
-59 kg: Nigora Abdullayeva
-76 kg: Nigora Suvonova
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech