4 Oktyabr 2022 946

Stol tennischilarimiz uchun jahon chempionati yakunlandi

Stol tennischilarimiz Xitoyning Chendu shahrida o‘tayotgan jamoaviy jahon chempionatida o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. Bugun guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda yigitlarimiz Germaniya, qizlarimiz Yaponiya terma jamoalariga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Garchi keyingi bosqich masalasi ijobiy hal qilinmagan bo‘lsa ham, musobaqa asosi yoshlardan iborat jamoalarimiz uchun ulkan tajriba maydoni bo‘ldi.

Text to speech