4 Oktyabr 2022
907
Dzyudochilarimizning yig’ini so’nggi pallada
Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi poytaxtimizda oʻtadigan jahon chempionatiga soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib bormoqda. Jumladan, bugun maxsus jismoniy harakatlarga asoslangan mashgʻulot oʻtkazildi. Bu orqali vakillarimiz musobaqa startigacha yuqori sport formasiga chiqishlari koʻzlangan. Mashgʻulot davomida har bir dzyudochi bilan tik holatda kurashish boʻyicha alohida ishlandi.