1 Oktyabr 2022
1454
Samarqandda kamondan otish bo’yicha xalqaro musobaqa bo’ladi
Ko‘hna Samarqand shahri sport jamoatchiligi vakillarini yana bir bor o‘ziga qaratmoqda. 3-7 oktyabr kunlari ushbu shaharda kamondan otish bo‘yicha xalqaro “To‘maris” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Ayollar o‘rtasida tashkil etiladigan ushbu turnirda sportchilarimiz bir qator mamlakatlardan tashrif buyuradigan merganlar bilan bahs olib borishadi. “Sartepo” sport majmuasida o‘tadigan musobaqada hamyurtlarimizga omad tilaymiz.