30 Sentyabr 2022
1429
Toshkentga birinchi bo'lib Xitoy jamoasi etib keldi
Poytaxtimizda o‘tadigan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga dastlabki terma jamoa tashrif buyurdi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xitoy delegatsiyasi kutib olindi.
Chin o‘lkasidan bo‘lajak musobaqada 2 erkak va 9 nafar ayol sportchi ishtirok etadi. Xitoy ayollar terma jamoasi asosan og‘ir vazn toifasida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan sanaladi. Tarkibda Sin Su, Shiyan Su kabi “Katta dubulg‘a” musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari, Olimpiada ishtirokchilari bor.