30 Sentyabr 2022 1023

Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanma beradigan Osiyo kubogining mezboni aniqlandi

Kuala-Lumpur shahrida (Malayziya) boʻlib oʻtgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar qoʻmitasining beshinchi yigʻilishida Qatar davlati 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi-2024 mezboni sifatida ma'lum qildindi.

Shu tariqa, joriy yil jahon chempionatini qabul qiladigan qatarliklar boʻlajak musobaqani ham oʻzlarida oʻtkazishadi. Mezbon mamlakat Eron, Saudiya Arabistoni, Oʻzbekiston, BAA kabi nomzodlar orasidan tanlab olingan.

Reglament boʻyicha, Qatarda oʻtadigan Osiyo kubogida kuchli uchlikka kirgan jamoalar toʻgʻridan toʻgʻri Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Toʻrtinchi oʻrin sohibi esa qitʼalararo oʻtish bosqichi orqali litsenziya uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Text to speech