30 Sentyabr 2022
1362
Xitoyda stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati boshlandi
Bugun O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari guruh bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Qur’aga ko‘ra, yigitlarimiz dastlabki bahsni Fransiya, qizlarimiz esa Vengriya vakillariga qarshi olib boradi. Ayni paytda erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarning juftliklari ma’lum.
O‘zbekiston – Fransiya
Abdulaziz Anorboyev – Aleksis Lebrun
Elmurod Xoliqov – Feliks Lebrun
Shohruh Iskandarov – Jyule Rolland
Elmurod Xoliqov – Aleksis Lebrun
Abdulaziz Anorboyev – Feliks Lebrun