30 Sentyabr 2022
1378
Andijonda boks bo'yicha xalqaro musobaqa start olmoqda
Bugun Andijonda boks boʻyicha V.A.Zolotaryov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqa start oladi. Unda hamyurtlarimizdan tashqari Qozogʻiston, Eron, Qirgʻiziston va Tojikistondan 120 nafardan ortiq charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Oʻzbekiston boks federatsiyasining maʼlum qilishicha, turnirda joriy yilning noyabr oyida Ispaniyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorlanayotgan yoshlar jamoamiz alohida tarkibda, shuningdek, Hasanboy Doʻsmatov, Iqboljon Xoldorov, Abdumalik Xalakov, Madiyar Saidrahimov kabi yetakchilar ishtirok etishmoqda.