29 Sentyabr 2022 990

Karate bo’yicha mamlakat kubogiga start berildi

Bugun Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida karate boʻyicha turli yosh toifalaridagi mamlakat kubogiga start berildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 1600 nafardan ortiq sportchi kata va kumite dasturlarida gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqa 2-oktyabrga qadar davom etadi. Qayd etish joiz, bu orqali terma jamoa murabbiylar shtabi dekabr oyida poytaxtimizda oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan sportchilarning holatini yana bir bor koʻzdan kechirib olishadi.

Text to speech