29 Sentyabr 2022
1291
Taekvondochilarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashdi
13-20-noyabr kunlari Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT boʻyicha XXV Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Pavel Xan boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu musobaqaga tayyorgarlikni “Universal” sport majmuasidagi yigʻin orqali boshladi.
Unga Ulugʻbek Rashitov, Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova kabi 21 nafar sportchi jalb qilingan. Mashgʻulotlarda jismoniy tayyorgarlikka alohida ahamiyat qaratilmoqda. Dunyo birinchiligiga tayyorgarlik doirasidagi ushbu yigʻin 15-oktyabrga qadar davom etadi