28 Sentyabr 2022 918

Stol tennischilarimiznig raqiblari ma'lum

30-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Xitoyning Chendu shahrida o‘tkaziladigan stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham erkaklar, ham ayollar dasturlarida ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra, jamoalar erkaklar o‘rtasida 7, ayollar bellashuvlarida esa 6 guruhga bo‘linishdi. Unda har ikki jamoamiz 2-guruhda pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Batafsil:

Erkaklar, 2-guruh: Germaniya, Fransiya, Hindiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston
Ayollar, 2-guruh: Yaponiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya, O‘zbekiston

Text to speech