29 Sentyabr 2022 905

Konkurchilarimiz Barselonaga jo'nab ketishdi

Konkur bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Millatlar ligasining final bosqichida ishtirok etish uchun Ispaniyaning Barselona shahriga yo’l oldi. Hamyurtlarimiz 29-sentyabrdan 3-oktyabrgacha bo’lib o’tadigan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Eslatib o’tamiz, konkurchilarimiz Millatlar ligasining Yevrosiyo mintaqasida o’tgan saralashning barcha bahslarida yetakchilik qilib, final bosqichiga yo’l olishgan edi. Dunyoning eng kuchli jamoalari qatorida bahs olib boradigan vakillarimizga bo’lajak bellashuvlarda omad tilaymiz!

Text to speech