28 Sentyabr 2022 892

Chavandozlarimiz xalqaro ekspertlar nigohida

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Moskvada oʻtkazilayotgan “Maxima Masters Eurasia” musobaqasining barcha bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, terma jamoamiz yetakchisi Bekzod Qurbonov ortda qolgan bosqichlardan soʻng peshqadamlikni qoʻlga olgan. Yana bir ahamiyatli jihati, ikkinchi pogʻonani boshqa bir hamyurtimiz Nurjan Tuyakbayev egallab turibdi.

Qayd etish joiz, chavandozlarimizning ishtiroki xorijiy mutaxassislarning eʼtiboriga tushdi. “horseexpert.ru” nashri vakillarimizning soʻnggi musobaqalarda, xususan, Yevrosiyo ligasi doirasidan oʻrin olgan bahslar, “Maxima Masters Eurasia” turnirida erishgan muvaffaqiyatlarini eʼtirof etib, ular haqida maqola chop etdi.

Text to speech