24 Sentyabr 2022 1093

Samarqandda yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati start oldi

“Afrosiyob” stadionida kechayotgan bellashuvlarda birinchi kun dasturidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazilmoqda.

Bugun 15:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtishi belgilangan. Shuningdek, kechki dasturda koʻplab yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, shuningdek, taklif boʻyicha Tailand va Malayziya kabi davlatlardan 200 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.

Text to speech