22 Sentyabr 2022 463

Bokschi qizlarimiz Bolgariyadagi turnirni birinchi o'rinda yakunlashdi

Bolgariyada boks boʼyicha ayollar oʼrtasida tashkil etilgan VIII “Balkan” xalqaro musobaqasi yakunlandi. Unda ishtirok etgan Oʼzbekiston ayollar terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʼldi. Hamyurtlarimizdan Аziza Yakubova (-50 kg) hamda Mavluda Mavlonova (-70 kg) finalda zafar quchib, oltin medalni qoʼlga kiritdilar. Musobaqada gʼolib va sovrindor boʼlgan bokschilarimiz:

 Oltin medal:
-50 kg: Аziza Yakubova
-70 kg: Mavluda Mavlonova

 Kumush medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʼktamova
-63 kg: Xadichabonu Аbdullaeva
-66 kg: Navbahor Hamidova

 Bronza medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech