21 Sentyabr 2022 1765

Tugʻilgan kun muborak, Muxtorxon Maxsudovich!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Muxtorxon Tashxodjayev 1983-yil 21-sentyabr kuni dunyoga kelgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagach maʼlum muddat mazkur oʻquv dargohida xizmat qildi va keyinchalik turli rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi. 2019-yil avgust oyidan beri Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasini boshqarib kelmoqda. Muxtorxon Maxsudovich raisligida mamlakatimizda Paralimpiya harakati yanada yuksalmoqda. U kishining boshqaruvida delegatsiyamiz Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 16-oʻrinni egalladi. Yurtimizda imkoniyati cheklangan sportchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi xizmatlari va Tokio-2020 Paralimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun davlatimiz rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Muxtorxon Tashxodjayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech