21 Sentyabr 2022 1057

Bahromjon Gaziyevni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash hamda O‘zbekiston polo federatsiyalari raisi Bahromjon Gaziyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bahromjon Valiyevich Gaziyev 1979 yil Toshkentda tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida bakalavr hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 2004 yildan boshlab turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini yuritmoqda. 2016 yildan beri O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyatida, 2018 yil dekabr oyidan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi hamda 2020 yil oktyabr oyidan O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. 

Qahramonimiz xalqaro toifadagi sport ustasi bo‘lib, ko‘pgina nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindori sanaladi. E’tiborlisi, bugungi kunda ham konkur yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizning eng iste’dodli chavandozlaridan hisoblanadi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotiga qo‘shgan xissasi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari evaziga 2020 yil Prezidentimiz tomonidan tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bahromjon Valiyevichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech