20 Sentyabr 2022 378

Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatini o‘tkazib yuborishadi

8-16-oktyabr kunlari Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning eng kuchli polvonlari qatori hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi. E’tiborlisi, Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev Bahraynga boradigan tarkibga kiritilmagan. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, har ikki polvonimiz dekabr oyida Kolumbiyada o‘tadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorlanishadi. 6-oktyabr kuni jamoamiz quyidagi tarkibda Manamaga yo‘l oladi:

-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Adham Ergashev
-81 kg: Og‘abek To‘xtayev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
-49 kg: Jamila Panfilova
-59 kg: Nigora Abdullayeva
-76 kg: Nigora Suvonova
-81 kg: Rigina Adashboyeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech