19 Sentyabr 2022 966

Eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boshlandi

Chexiyaning Rachitsa shahrida akademik va para akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boshlandi. 25-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada Sobir Safaraliyev, Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmurzayev, Mehroj Mamatqulov, shuningdek, 4 nafar para sportchimiz (Otabek Qoʻchqorov, Feruza Boʻriboyeva, Xolmurod Egamberdiyev, Muhayyo Abdusattorova) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi masʼuliyatli turnirda sportchilarimizga omad tilaydi!

Text to speech