19 Sentyabr 2022 1261

Aktenge Keunimjayeva va Feruza Sodiqovani tabriklaymiz!

Bugun ikki nafar yosh va umidli sportchilarimiz Aktenge Keunimjayeva hamda Feruza Sodiqova tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Aktenge Keunimjayeva 1999-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Ayollar kurashi boʻyicha -53 kg vazn toifasida ishtirok etadigan sportchimiz 2019-yil Xitoy va 2020-yil Hindistonda oʻtgan Osiyo chempionatida bronza, Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlarida esa kumush medalini qoʻlga kiritgan. Koʻplab nufuzli musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin egallagan.

Feruza Sodiqova 2002-yil Toshkentda tugʻilgan. Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Chirchiq Olimpiya zaxiralari maktab internati tarbiyalanuvchisi. Sodiqova 2018-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, 2019-yil Uxanda oʻtgan harbiylar oʻyinlarining bronza medali sohibasi hisoblanadi. 2021-yil Livanda oʻtgan Osiyo chempionati hamda Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida esa oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki sportchimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech