18 Sentyabr 2022 1629

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sarhisobi

Chirchiq shahridagi O‘zDJTSU manejida 4 kun davom etgan og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat kubogi yakuniga yetdi. Unda 130 nafar erkak va ayol sportchi g‘oliblik uchun supachaga chiqdi. 

Sportchilar 10 tadan vazn toifasida musobaqalashdi. Medallar jamg‘arishda Toshkent viloyati jami 9 ta medal (5 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) bilan 1-o‘rinni egalladi. 2-natijani umumiy 8 ta medal (3-4-1) bilan Samarqand sportchilari qayd etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 9 ta medal (2-5-2) to‘plagan Xorazm viloyati polvonlari yakunlab berishdi. 

Ochko hisobiga ko‘ra eng yaxshi erkaklar jamoasi: Samarqand

Eng yaxshi ayollar jamoasi: Xorazm

Eng yaxshi erkak sportchi: Adhamjon Ergashev (Namangan)

Eng yaxshi ayol sportchi: Nigora Abdullayeva (Buxoro).

Text to speech