18 Sentyabr 2022 1127

Sobir Nazaraliyevni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT boʻyicha kadetlar va oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Sobir Nazaraliyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sobir Nazaraliyev 1985-yil tugʻilgan. Sportchilik faoliyatida -54 kg vazn toifasida ishtirok etgan qahramonimiz 2008-yil harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati va 2010-yil Osiyo chempionatining bronza medali sohibi, shuningdek, koʻplab boshqa xalqaro turnirlar gʻolibi sanaladi. 9 yildan beri Oʻzbekiston kadetlar terma jamoasida murabbiylik qilmoqda. Faoliyati davomida Osiyo oʻyinlari finalchisi Madinabonu Mannopova, 2019-yil poytaxtimizda oʻtgan kadetlar oʻrtasidagi JCH gʻolibi Zafarbek Karimov kabi yosh iqtidorlarni tarbiyalagan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sobir Nazaraliyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech