2 Sentyabr 2022 1246

Avgust oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2022-yil avgust oyida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan 23 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablagʻlardan mahalliy hamda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun 10 323 511 659 soʻm miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar Gʻaznachilikning tegishli tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirilmoqda.

2022-yilda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Respublika byudjetidan ajratilgan mablag'larning chegaralangan miqdorining o'z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida avgust oyi taqsimoti to'g'risida

MA'LUMOT

1-ilova
Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) sarflangan
1 Boks federatsiyasi 377 817 975,0
2 Sport kurashlari assotsiatsiyasi 1 351 922 275,0
3 Velosiped sporti federatsiyasi 953 825 050,0
4 Dzyudo federatsiyasi 959 418 182,0
5 Gimnastika federatsiyasi 632 873 417,0
6 Rowing & Canoe federatsiyasi 598 567 176,0
7 Yengil atletika federatsiyasi 273 853 443,0
8 Suzish federatsiyasi 277 938 320,0
9 Taekvondo WTF assotsiatsiyasi 748 435 447,0
10 Og'ir atletika federatsiyasi 238 598 066,0
11 Qilichbozlik federatsiyasi 391 679 474,0
12 Ot sporti federatsiyasi 73 360 000,0
13 O'q otish sporti federatsiyasi 769 453 244,0
14 Triatlon federatsiyasi 286 025 322,0
15 Zamonaviy beshkurash federatsiyasi 208 854 546,0
16 Kamondan otish federatsiyasi 172 263 636,0
17 Olimpiy PFK 29 680 000,0
18 O'zbekiston Regbi federatsiyasi 73 767 273,0
22 OOO RNPSSM 42 518 899,1
23 Milliy Olimpiya Qo'mitasi 1 862 659 914,0
  Jami 10 323 511 659,1
Text to speech