28 Avgust 2022 1425

Navbat jamoaviy bahslarga

Dzyudo: Bosniya va Gersegovinada kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionatida aralash jamoaviy bahslar start olmoqda. Qurʼa natijasiga koʻra, yoshlarimiz birinchi bosqichni Moʻgʻulistonga qarshi oʻtkazishadi. Agar ushbu toʻsiqdan muvaffaqiyatli oʻta olsalar, chorak finalda ukrainalik dzyudochilar bilan toʻqnash kelishadi.

Eslatib oʻtamiz, hamyurtlarimiz yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egallashgan edi.

Text to speech