16 Avgust 2022 1623

Konya-2021: Yana bir yosh qilichbozimiz qahramonlik koʻrsatdi

Qilichbozlarimiz Islom birdamligi oʻyinlarida yana bir medalga sazovor boʻlishdi. Bu gal shpagachimiz Shahzoda Egamberdiyeva katta sahnaga chiqdi. 18 yoshli Egamberdiyeva finalgacha barcha raqiblarini magʻlub etib, hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Aleyna Erturkka imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohiblari qatoridan joy oldi.

Text to speech